Статьи : Ergashova Gulizebo Normurod qizi

1532 Jun 20, 2022 3:08:00 PM
Annotation

Maqolada hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan milliy avrli matolarning naqsh dizaynini tahlili qilinib, mavjud matolarlardan farqli bo`lgan yangi turdagi ishlab chiqarilgan “Anor” naqshli adras matosining namunasi keltirilgan. Yangi ishlab chiqarilgan milliy adras to`qimalaridagi avrband usulida  hosil qiilingan bo`lib,  mavjudlaridan shunisi bilan farqlanadiki,  to`qima sirtida yangi turdagi naqshlar ko`rinishi dinamik holatda tasvirlanadi. Ilmiy izlanishlar natijasida yangi turdagi “Anor ramzini bildiruvchi, arqoq yо‘nalishi bо‘yicha nosimmetrik bо‘lgan naqsh dizayni yaratilib, “Marg‘ilon AVR Matolar Korporativi”MChJda tо‘quv dastgohida ishlab chiqarildi, sanoat namunasi tayyorlanib dalolatnoma olindi va iste’molga taklif etildi. Hozirgi kunda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan milliy   avrli gazlamalardan Adras, Xon-atlas, Beqasam, Banoras tо‘qimalaridagi naqshlar turli xil jismlar,  tabiat va hayvonot olamidan olingan naqsh ornamentlari asosida о‘ziga xos bо‘lgan naqshlarni avrband usulida simmetrik joylashtirilgan holatda hosil qilinadi. Avrli gazlamalarni barcha turdagi naqshlarini   arqoq yо‘nalishi bо‘yicha rapportini tahlili shuni kо‘rsatadiki,  hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan matolarning arqoq bо‘yicha rapporti takrorlanadi va tashqi kо‘rinishi statik holatni anglatadi. Ushbu tadqiqot ishi tahlilida shunday gipoteza  qilindi. Yaratilayotgan avrli gazlama uchun naqsh ornamentlari  chizildi va ularda qо‘llanilishi lozim bо‘lgan ranglar tanlab olindi.

#dizayn #milliy avrli gazlama #adras matosi #naqsh #statik holat #dinamik holat #anor naqshli #avrband usuli