Requirements

Mualliflar uchun qoidalar

 

Tahririyat mualliflardan quyidagi qoidalarga rioya qilishni so‘raydi:

1. Jurnalda faqat original materiallardan iborat ilmiy maqolalar chop etiladi. Mualliflar maqolaning avval nashr etilmaganligi, boshqa nashrda chop etish uchun topshirilmaganligi va keyinchalik boshqa jurnalda chop etmaslik to‘g‘risidagi mas’uliyatlarni o‘z zimmasiga oladi.

2. Maqolaning hajmi odatda 6 betdan kam bо‘lmasligi, matn 1 interval oraliqda MS yoki MS Word 7.0 Times New Roman 12 kegl shriftlarida terilgan bо‘lishi kerak (о‘zbek, ingliz va rus tillarida yozilgan Annotatsiya, shakl, jadval va adabiyotlar rо‘yxati shu hajmga kiradi). Maqola quyidagi qismlardan iborat bо‘lishi kerak: Annotatsiya, kalit sо‘zlar (keywords ingliz tilida), kirish; nazariy tadqiqodlar; tajribaviy izlanishlar; natijalar tahlili; xulosa kabi qismlarga ajralgan bо‘lishi shart.

3. Maqolaning matni, jadval va shakllari ikki nusxada chop etishga tayyor holda taqdim etilishi va barcha mualliflar tomonidan imzolangan bo‘lishi zarur.

4. Formulalar va matematik belgilashlarning hammasi Microsoft Equation muharririda teriladi, formulalarning tartib raqamlari oddiy qavslar ichida matnning o’ng tomoniga joylashtiriladi.

5. Shakllar Word da bajarilgan bo‘lishi va har bir shaklning o‘lchamlari 12x15 sm dan oshmasligi zarur.

6. Har bir jadvalga tegishli sarlavha qo‘yilgan va agarda ularning soni bittadan ko'p bo‘lsa, tartib bilan raqamlangan bo‘lishi zarur.

7. Adabiyotlar ro’yxati umumiy qabul qilingan talablarga (qoida taqdim etiladi) muvofiq rasmiylashtiriladi hamda qo‘lyozma oxiridagi umumiy ro’yxatda keltiriladi. Kamida 15 ta adabiyotlardan foydalanilgan bo‘lishi shart. Foydalanilgan adabiyotlar eski bo‘lmagan so’nggi      5-10 yillik adabiyotlari tavsiya etiladi. Ro’yxat maqola matnida foydalanilgan tartibda yoziladi. Adabiyotlar tilidan qatiy nazar lotin alifbosida yozilishi shart “Refrence” deb yoziladi.

8. Qo‘lyozma matnida adabiyotlarga ishora kvadrat qavslarda beriladi (masalan [1, 2] yoki [1-4]). Chop etilmagan ishlarga ishora qilish va ularni ro'yxatda keltirish mumkin emas.

9. Foydalanilgan adabiyotlarda Scopus yoki Sciencedirect xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar ba’zalaridan foydalanilgan bo‘lishi shart.

10. Maqolaning asosiy maqsadi, olingan natija, xulosa va tavsiyalarni o‘z ichiga olgan uch tildagi (o‘zbekcha, inglizcha va ruscha) Annotatsiyalar bo‘lishi va har birining hajmi 150-300 tagacha so‘zdan iborat bo‘lishi kerak. Maqolaning nomi va o‘zbek tilidagi Annotatsiyasi lotin yozuvida ham keltiriladi.

11. Maqolaga quyidagilar ilova qilinadi;

bosmadan chiqarilgan ikki nusxa qo‘lyozma;

qo‘lyozmaning elektron varianti.

12. Maqolani chop etishga tavsiya etuvchi korxonaning ilmiy ekspert xulosasi va odatda mazkur jurnalda chop etish uchun kafedra tavsiyasi (yig‘ilish bayonnomasidan ko’chirma) ilova etiladi.

13. Mualliflar haqidagi ma’lumotnomada mualliflarning ismi, sharifi, otasining ismi (to‘liq yoziladi); ilmiy darajasi; ilmiy unvoni; lavozimi va tadqiqotlar o‘tkazilgan muassasaning to‘liq nomi, manzili va telefon raqamlari hamda email keltiriladi.

14. Ushbu qoidalarga javob bermaydigan hamda zarur qo‘shimcha hujjatlar ilova qilinmagan maqolalar qabul qilinmaydi.

15. Tahririyat maqolaga mualliflarning roziligisiz tahririy o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.

16. Maqolaning qo‘lyozmalari mualliflarga qaytarilmaydi.

17. El.pochta textilejournalofuzbekistan@bk.ru

18.Jurnal sayti: tju.uzsci.uz

 

 

Tahririyat