Статьи : Otenov Islam Alpisbayevich
To’qimachilik xomashyosini qayta ishlash va mahsulot ishlab chiqarish jarayonida polimer kompozitsiyalarining ahamyati ko’rsatilgan. Tabiiy va sintetik polimer saqlovchi kompozitsion eritma yigirish orqali paxta kalavasini ishlab chiqarish jarayonida xomashyoga singdirilgan. 2 litr eritma tarkibiga 200 ml 10%-li kollagen eritmasi, 40 ml 0,5%-li poliakrilamid eritmasi, 10 ml glitserin kiritilgan. Polimer kompozitsiya paxta xomashyosiga sepish orqali singdirildi. Titish-tozalash, tarash jarayonida paxta xomashyosidan 8,6% chiqindi hosil bo’lsa, emulsiyalangan xomashyoda bu ko’rsatkich 1,2% gacha kamayadi. Emulsiyalangan xomashyo uchun ishlab chiqilgan reja asosida BD 330 pnevmomexanik yigirish mashinasida kalava ipi olindi. Yigirish jarayonining unumdorligini iplarning massa bo’yicha noteksligi, ingichka va qalin joylarining soni, nepslar soni bo’yicha baxolandi. Odatdagi iplarga nisbatan emulsiyalangan iplarda notekislik 0,56% ga, ingichka joylari 39% ga, qalin joylari 26% ga, nepslar soni 27,7% ga kamayadi. Emulsiyalash ishlab chiqarilgan kalava iplarining mexanik ko’rsatkichlarini ham yaxshilangan. Polimer kompozitsiya kiritish natijasida iplarning uzulish kuchi 3,5 cN ga, solishtirma uzulish kuchi 0,15 cN ga, uzulishdagi uzayish 11% ga, uzulish ishi 6,5% ga ortgan. Kompozitsiya tarkibidagi moddalar paxta xomashyosiga nisbatan juda oz miqdorda, ya’ni kollagen 0,1%, poliakrilamid 0,02%, gletsirin 0,005% ekanligi yigirish jarayonining texnologik ko’rsatkichlarini va iplarning mustahkamligini sezilarli yaxshilashi bilan bir qatorda, to’qish va mahsulot ishlab chiqarish jarayonlariga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Oz miqdordagi qo’shimchalar mahsulotni kimyoviy pardozlash jarayonida muammolarni keltirib chiqarmaydi.
#polimer kompazitsiya #paxta kalavasi #emulsiyalash