Статьи : Yusupova Nodira Baxtiyarovna

1519 Jun 20, 2022 3:07:03 PM
Annotatsiya

Ushbu maqolada qo’l gilamlarini ishlab chiqarish jarayonida ba’zi bir asosiy parametrlarining tahlili keltirilgan. Qo`l gilamni ishlab chiqarishda iplar sistemasidan zamin tanda ipiga ta’sir qiladigan kuch, zamin arqoq va tuk arqoq ipini gilam qirg`og`iga  zichlagich yordamida jiplash kuchini aniqlash masalasi  tadqiq qilingan. Ma’lumki, tashqi ta’sir kuchi qanchalik yuqori bо‘lsa,  cho'zilgan tolalar va iplarga о‘z ta’sirini о‘tkazib, iplar chо‘zilishi natijasida matoning qalinligi kamayadi. Agarda iplar chо‘zilmasa unda matoning deformatsiya kuchlariga ta’siri yuqori bо‘lib,  iste’mol muddatini oshishiga olib keladi. Iplarga beriladigan zarb kuchining gilam mahsulotlariga ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega ekanligi nazariy asoslab berilgan.                Gilam mahsuloti arqoq ipini zichlagichini  zarb kuchini aniqlash uchun  matematik mayatnikning  tebranma harakati misolida ko‘rib chiqqan. Olim Nyuton matematik mayatnik yordamida og‘irlik kuchi tezlanishi juda katta aniqlik bilan topgan. Bu metodning aniqligi shunchalik kattaki, y  og‘irlik kuchi tezlanishining geografik kenglikka bog‘liq o‘zgarishini hamda iplarning  zichligining o‘zgarishi tufayli og‘irlik kuchining normal qiymatidan chetlanishini yaqqol aniqlashga imkon beradi. Haqiqatda ham massa va energiyani o‘zaro bog‘lanishini tasdiqlaydiki, har qanday energiyani aylanishida uni massaga aylanishi nazarda tutiladi. Lekin bunda haqiqatda ham massa to‘g‘ridan to‘g‘ri energiyaga aylanmasdan, massa bir shakldan ikkinchi shaklga aylanadi xolos.

#ishlab chiqarish #massa #taranglik #tezlanish #gilam #to‘quvchilik #zarb kuchi #og‘irlik kuchi

1526 Jun 20, 2022 3:08:00 PM
Annotatsiya

Maqolada hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan milliy avrli matolarning naqsh dizaynini tahlili qilinib, mavjud matolarlardan farqli bo`lgan yangi turdagi ishlab chiqarilgan “Anor” naqshli adras matosining namunasi keltirilgan. Yangi ishlab chiqarilgan milliy adras to`qimalaridagi avrband usulida  hosil qiilingan bo`lib,  mavjudlaridan shunisi bilan farqlanadiki,  to`qima sirtida yangi turdagi naqshlar ko`rinishi dinamik holatda tasvirlanadi. Ilmiy izlanishlar natijasida yangi turdagi “Anor ramzini bildiruvchi, arqoq yо‘nalishi bо‘yicha nosimmetrik bо‘lgan naqsh dizayni yaratilib, “Marg‘ilon AVR Matolar Korporativi”MChJda tо‘quv dastgohida ishlab chiqarildi, sanoat namunasi tayyorlanib dalolatnoma olindi va iste’molga taklif etildi. Hozirgi kunda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan milliy   avrli gazlamalardan Adras, Xon-atlas, Beqasam, Banoras tо‘qimalaridagi naqshlar turli xil jismlar,  tabiat va hayvonot olamidan olingan naqsh ornamentlari asosida о‘ziga xos bо‘lgan naqshlarni avrband usulida simmetrik joylashtirilgan holatda hosil qilinadi. Avrli gazlamalarni barcha turdagi naqshlarini   arqoq yо‘nalishi bо‘yicha rapportini tahlili shuni kо‘rsatadiki,  hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan matolarning arqoq bо‘yicha rapporti takrorlanadi va tashqi kо‘rinishi statik holatni anglatadi. Ushbu tadqiqot ishi tahlilida shunday gipoteza  qilindi. Yaratilayotgan avrli gazlama uchun naqsh ornamentlari  chizildi va ularda qо‘llanilishi lozim bо‘lgan ranglar tanlab olindi.

#dizayn #milliy avrli gazlama #adras matosi #naqsh #statik holat #dinamik holat #anor naqshli #avrband usuli