Статьи : Siddiqov Patxulla Siddiqovich
Maqolada hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan milliy avrli matolarning naqsh dizaynini tahlili qilinib, mavjud matolarlardan farqli bo`lgan yangi turdagi ishlab chiqarilgan “Anor” naqshli adras matosining namunasi keltirilgan. Yangi ishlab chiqarilgan milliy adras to`qimalaridagi avrband usulida hosil qiilingan bo`lib, mavjudlaridan shunisi bilan farqlanadiki, to`qima sirtida yangi turdagi naqshlar ko`rinishi dinamik holatda tasvirlanadi. Ilmiy izlanishlar natijasida yangi turdagi “Anor ramzini bildiruvchi, arqoq yо‘nalishi bо‘yicha nosimmetrik bо‘lgan naqsh dizayni yaratilib, “Marg‘ilon AVR Matolar Korporativi”MChJda tо‘quv dastgohida ishlab chiqarildi, sanoat namunasi tayyorlanib dalolatnoma olindi va iste’molga taklif etildi. Hozirgi kunda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan milliy avrli gazlamalardan Adras, Xon-atlas, Beqasam, Banoras tо‘qimalaridagi naqshlar turli xil jismlar, tabiat va hayvonot olamidan olingan naqsh ornamentlari asosida о‘ziga xos bо‘lgan naqshlarni avrband usulida simmetrik joylashtirilgan holatda hosil qilinadi. Avrli gazlamalarni barcha turdagi naqshlarini arqoq yо‘nalishi bо‘yicha rapportini tahlili shuni kо‘rsatadiki, hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan matolarning arqoq bо‘yicha rapporti takrorlanadi va tashqi kо‘rinishi statik holatni anglatadi. Ushbu tadqiqot ishi tahlilida shunday gipoteza qilindi. Yaratilayotgan avrli gazlama uchun naqsh ornamentlari chizildi va ularda qо‘llanilishi lozim bо‘lgan ranglar tanlab olindi.
#dizayn #milliy avrli gazlama #adras matosi #naqsh #statik holat #dinamik holat #anor naqshli #avrband usuli