Статьи :

7 1948 Mar 16, 2022 10:19:16 AM
Annotation

 

Annotatsiya: Maqolada paxta tolasiga 14%, 15% va 17% gacha polyester tolasi aralashtirish na`tijasida yigirilgan iplarning sifat ko'rsatkichlarini o'rganish natijalari keltirilgan. Aralash iplar namunalarini tayyorlash uchun o’rta tolali  paxtadan (chiziqiy zishligi 0,186 teks × uzunligi 32 mm) bilan polyester tolasi (chiziqiy zishligi 0,164 teks × uzunligi 38 mm) ishlatilgan. Paxta/polyester tolalaridan halqali yigirish usilida 15,4 teks (Ne 40/1) 86/14%, 85/15%, 83/17% va 100% nisbatlarda aralash iplar tayyorlandi.

               Tayyor iplarning massa abo`yicha notekisligi, ingichka va qalin joylarri, nepslar soni, solishtirma uzish kuchi, uzish kuchi va uzilishdagi ishi ko'rsatkichlari USTER firmasi sinov asboblari yordamida (Uster® Tester 6, Uster® Tensojet 4 va boshqa) aniqlandi. Olingan ko`rsatkichlar paxta/polyester 80/20% Uster® Statistics 2018  standart ko`rsatkichlari mosligi tekshirildi.

Umuman olganda, aralashmada polyester tolasi miqdorini oshirish massa bo`yicha notekisligi, ingichka va qalin joylarri, nepslar soni qiymatlari kamaygan; boshqa tomondan, ipning solishtirma uzish  kuchi,  ipning uzish kuchi, uzilishdagi ishi qiymatlari oshgan.

#ip sifati #aralash ip #notekislik #polyester tolasi

1320 Jun 20, 2022 3:05:55 PM
Annotation

К ВОПРОСУ ВЫБОРА И ОЦЕНКИ ПОКАЗАТЕЛЕЙ КАЧЕСТВА ИЗДЕЛИЙ ДЛЯ БОЛЬНЫХ С ПРОЛЕЖНЫМ РАНАМИ

#воздухопроницаемость #медицинская одежда #пролеж #постельного белья

1519 Jun 20, 2022 3:07:03 PM
Annotation

Ushbu maqolada qo’l gilamlarini ishlab chiqarish jarayonida ba’zi bir asosiy parametrlarining tahlili keltirilgan. Qo`l gilamni ishlab chiqarishda iplar sistemasidan zamin tanda ipiga ta’sir qiladigan kuch, zamin arqoq va tuk arqoq ipini gilam qirg`og`iga  zichlagich yordamida jiplash kuchini aniqlash masalasi  tadqiq qilingan. Ma’lumki, tashqi ta’sir kuchi qanchalik yuqori bо‘lsa,  cho'zilgan tolalar va iplarga о‘z ta’sirini о‘tkazib, iplar chо‘zilishi natijasida matoning qalinligi kamayadi. Agarda iplar chо‘zilmasa unda matoning deformatsiya kuchlariga ta’siri yuqori bо‘lib,  iste’mol muddatini oshishiga olib keladi. Iplarga beriladigan zarb kuchining gilam mahsulotlariga ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega ekanligi nazariy asoslab berilgan.                Gilam mahsuloti arqoq ipini zichlagichini  zarb kuchini aniqlash uchun  matematik mayatnikning  tebranma harakati misolida ko‘rib chiqqan. Olim Nyuton matematik mayatnik yordamida og‘irlik kuchi tezlanishi juda katta aniqlik bilan topgan. Bu metodning aniqligi shunchalik kattaki, y  og‘irlik kuchi tezlanishining geografik kenglikka bog‘liq o‘zgarishini hamda iplarning  zichligining o‘zgarishi tufayli og‘irlik kuchining normal qiymatidan chetlanishini yaqqol aniqlashga imkon beradi. Haqiqatda ham massa va energiyani o‘zaro bog‘lanishini tasdiqlaydiki, har qanday energiyani aylanishida uni massaga aylanishi nazarda tutiladi. Lekin bunda haqiqatda ham massa to‘g‘ridan to‘g‘ri energiyaga aylanmasdan, massa bir shakldan ikkinchi shaklga aylanadi xolos.

#ishlab chiqarish #massa #taranglik #tezlanish #gilam #to‘quvchilik #zarb kuchi #og‘irlik kuchi

1526 Jun 20, 2022 3:08:00 PM
Annotation

Maqolada hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan milliy avrli matolarning naqsh dizaynini tahlili qilinib, mavjud matolarlardan farqli bo`lgan yangi turdagi ishlab chiqarilgan “Anor” naqshli adras matosining namunasi keltirilgan. Yangi ishlab chiqarilgan milliy adras to`qimalaridagi avrband usulida  hosil qiilingan bo`lib,  mavjudlaridan shunisi bilan farqlanadiki,  to`qima sirtida yangi turdagi naqshlar ko`rinishi dinamik holatda tasvirlanadi. Ilmiy izlanishlar natijasida yangi turdagi “Anor ramzini bildiruvchi, arqoq yо‘nalishi bо‘yicha nosimmetrik bо‘lgan naqsh dizayni yaratilib, “Marg‘ilon AVR Matolar Korporativi”MChJda tо‘quv dastgohida ishlab chiqarildi, sanoat namunasi tayyorlanib dalolatnoma olindi va iste’molga taklif etildi. Hozirgi kunda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan milliy   avrli gazlamalardan Adras, Xon-atlas, Beqasam, Banoras tо‘qimalaridagi naqshlar turli xil jismlar,  tabiat va hayvonot olamidan olingan naqsh ornamentlari asosida о‘ziga xos bо‘lgan naqshlarni avrband usulida simmetrik joylashtirilgan holatda hosil qilinadi. Avrli gazlamalarni barcha turdagi naqshlarini   arqoq yо‘nalishi bо‘yicha rapportini tahlili shuni kо‘rsatadiki,  hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan matolarning arqoq bо‘yicha rapporti takrorlanadi va tashqi kо‘rinishi statik holatni anglatadi. Ushbu tadqiqot ishi tahlilida shunday gipoteza  qilindi. Yaratilayotgan avrli gazlama uchun naqsh ornamentlari  chizildi va ularda qо‘llanilishi lozim bо‘lgan ranglar tanlab olindi.

#dizayn #milliy avrli gazlama #adras matosi #naqsh #statik holat #dinamik holat #anor naqshli #avrband usuli

1519 Jun 20, 2022 3:08:15 PM
Annotation

To’qimachilik xomashyosini qayta ishlash va mahsulot ishlab chiqarish jarayonida polimer kompozitsiyalarining ahamyati ko’rsatilgan. Tabiiy va sintetik polimer saqlovchi kompozitsion eritma yigirish orqali paxta kalavasini ishlab chiqarish jarayonida xomashyoga singdirilgan. 2 litr eritma tarkibiga 200 ml 10%-li kollagen eritmasi, 40 ml 0,5%-li poliakrilamid eritmasi, 10 ml glitserin kiritilgan. Polimer kompozitsiya paxta xomashyosiga sepish orqali singdirildi. Titish-tozalash, tarash jarayonida paxta xomashyosidan 8,6% chiqindi hosil bo’lsa, emulsiyalangan xomashyoda bu ko’rsatkich 1,2% gacha kamayadi. Emulsiyalangan xomashyo uchun ishlab chiqilgan reja asosida BD 330 pnevmomexanik yigirish mashinasida kalava ipi olindi. Yigirish jarayonining unumdorligini iplarning massa bo’yicha noteksligi, ingichka va qalin joylarining soni, nepslar soni bo’yicha baxolandi. Odatdagi iplarga nisbatan emulsiyalangan iplarda notekislik 0,56% ga, ingichka joylari 39% ga, qalin joylari 26% ga, nepslar soni 27,7% ga kamayadi. Emulsiyalash ishlab chiqarilgan kalava iplarining mexanik ko’rsatkichlarini ham yaxshilangan. Polimer kompozitsiya kiritish natijasida iplarning uzulish kuchi 3,5 cN ga, solishtirma uzulish kuchi  0,15 cN ga, uzulishdagi uzayish  11% ga, uzulish ishi 6,5% ga ortgan. Kompozitsiya tarkibidagi moddalar paxta xomashyosiga nisbatan juda oz miqdorda, ya’ni kollagen 0,1%, poliakrilamid 0,02%, gletsirin 0,005% ekanligi yigirish jarayonining texnologik ko’rsatkichlarini va iplarning mustahkamligini sezilarli yaxshilashi bilan bir qatorda, to’qish va mahsulot ishlab chiqarish jarayonlariga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Oz miqdordagi qo’shimchalar mahsulotni kimyoviy pardozlash jarayonida muammolarni keltirib chiqarmaydi. 

#polimer kompazitsiya #paxta kalavasi #emulsiyalash

564 Sep 26, 2022 4:40:22 PM
Annotation

. Мақолада пахта тозалаш корхоналарининг мавжуд технологияси ва ускуналарида ишланаётган пахтани қуритиш, тозалаш ва жинлаш натижалари ўрганилган.

Бир қатор корхоналарда нормал ва қийин тозаланадиган ҳамда машинада терилган пахталарни дастлабки ишлаш натижалари қиёсий таҳлил қилинган.

Корхоналарда пахтани дастлабки ишлашни мувофиқлаштирилган технологияси талабларига амал қилинмаётганлиги, натижада қуритиш етарли эмаслиги, пахта юқори намликда тозаланаётганлиги ва жинланаётгани аниқланди.

Машинада терилган пахталарни тозалаш самарадорлиги паст бўлаб, улардан асосан “ифлос”, “оддий” синфли толалар олинаётганлиги кўрсатиб ўтилди.

Нормал ва қийин тозаланадиган ҳамда машинада терилган пахталарни пахта тозалаш корхоналарида тозалаш натижалари таҳлил қилиниб, уларни тозалаш самардорлигида ахамиятли даражада фарқ борлиги аниқланди. Уларнинг тозалаш самарадорлиги ва пахтани бошланғич ифлослигини ўртасидаги боғланишни ифодаловчи регрессия тенгламалари олинди.

Таҳлиллар машинада терилган пахтани, қўлда терилган пахта учун ишлаб чиқилган технологик регламент асосида дастлабки ишлаб сифатли тола олиб бўлмаслигини кўрсатди. Машинада терилган пахтани сифатли дастлабки ишлаш учун тозалаш режимини ишлаб чиқиш эхтиёжи мавжудлиги қайд этилди.

#тозалаш #жинлаш #тозалаш самарадорлиги #Нормал ва қийин тозаланадиган пахта нави #машина терими #пахтани қуритиш #тола синфи

1519 Jul 18, 2022 1:39:14 PM
Annotation

ТАКОМИЛЛАШТИРИЛГАН ТОШ ТУТКИЧ УСКУНАСИДАГИ ҚАЙТАРГИЧ МОСЛАМАСИНИНГ КАМЕРАДА ЖОЙЛАШИШ МАСОФАСИНИ ТУТИШ САМАРАСИГА ТАЪСИРИНИ ЎРГАНИШ